Bir yelkada imon, birida shayton,
Birida haqiqat, birida yolg'on,
O'rtada ovora bechora inson,
Kimdur bog' yaratar, kimning qo'li qon,
Zo'r bo'lsang, yo'lingga qo'yishar qopqon.
Ey, do'stim!
Xolis qo'lla!
Bizga boqqan
Sinovlar boqiy!
Axir biz,
Insonlarmiz,
Mehmonmiz bu dunyoda,
Mehmonmiz bu dunyoda!
Kimni omad, kimni kulfat qarshilar,
Pok noming tuhmatga qorar vahshiylar,
Bormisiz, qo'l bering qani, yaxshilar!
Hayotning to'sig'u zarbalari ko'p,
Yomonning makriyu nag'malari ko'p!
Ey, do'stim!
Xolis qo'lla!
Bizga boqqan
Sinovlar boqiy!
Axir biz,
Insonlarmiz,
Mehmonmiz bu dunyoda,
Mehmonmiz bu dunyoda!