Lyrics: I.Mirzo
Music: Y.Usmonova
Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar, bu azoblar qo'ygaymi omon.
Tushun, seni sog'indim yomon,
Seni bugun, seni bugun ko'rmasam bo'lmas.
Bunchalar bo'lmas, ko'rmasam bo'lmas,
Seni bugun diydoringga to'ymasam bo'lmas.
Bunchalar bo'lmas, to'ymasam bo'lmas,
Seni bugun, seni bugun ko'rmasam bo'lmas.
Balki quyosh kular ertaga,
Ochiladi, ochiladi gullar ertaga,
Nima bo'lsa, bo'lar ertaga,
Seni bugun, seni bugun ko'rmasam bo'lmas.
Uzun kunlar bunchalar mahzun,
Mehzun kunlar, mahzun kunlar bunchalar uzun,
Men ertaga yashashim uchun,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas.