Qayt dema
Qaytib ber yuragimni
Men qaytaman
Qaytar orzularimni
Qayt dema
Seni sog'inganim yo'q
Sen qayt dema
Axir men ketganim yo'q ...
Qayt dema
Men tuyg'ularni obketmadim
Armon o'rab olgani rost
Lekin cho'kib ketmadim
Chidadim o'tib ketar deb
Ishondim bir kun kelar deb
Kechir deb
Lek o'ylamasdim kechar deb
Kema deb
Kim kimlardan kechdi kecha
Kimlar o'rnimizga tuzdi reja
Lek hohlamasdim hech ham
Azizam
Qara toldingmi baxt
Mendan kechganingda ham
O'zgani quchganingda ham
Men jim edim
Faqat baxtli bo'lsin derdim
Har kuni o'ldirganingda ham
Men jim edim
Kuyasanda qaytasan
Topilganida baxona
Yana qaytib kelasan
Jonga tegdi hammasi
Charchadim men kechaman
Unutaman barchasini
Osmonlarda uchaman
Yo'q qolmadi ilojim
Qaytib kelmagin ortiq
Sen haqingda eslasam
Yana botadi og'riq.
Naqorat: 2
Men unutdim o'zgalarni
Lekin sen unutding meni
Endi nega qayt deysan
Axir o'zing mendan ketgansan!
Qayt dema
Axir men ketganim yo'q
Sensiz og'irdir lekin
Yashadim o'lganim yo'q
Qaytaqol deganim yo'q
Yurakga qadaganingda o'q
Yo'q oson emasdi
Ket yo'lingni to'sganim yo'q
Endi unutay deganda
Yurganding sabrim sinab
Endi qadrimga yetdingmi
Yana sog'inchim so'rab
Ko'rmadingmi men boshqaman
Men ham ko'rmadim boshqani
Sog'indingmi ayt
Tushlaringa qaytaman hali.
Qayt dema
Qaytib ber yuragimni
Men qaytaman
Qaytar orzularimni!