Meni baxtli bo'liwimni
Jonginam xoxlasang
O'zingam yoring bilan
Doimo baxtli yasha!
Meni doim kulishimni
Jonginam xoxlasang
O'zingam faqat kulib
Yeg'lamay kulib yasha!
Meni uzoq yashashimni
Jonginam xoxlasang
O'tmishni esga olmay
Doimo olg'a yasha!
Yana meni unutishni
Jonginam xoxlasang
Hazonlar ostida deb u
Endi yo'qu deb yasha!
Meni urushni xoxlasang
Qo'ling devorga urma
Yoring tashvishga qo'yib
Havotirga uni solma!
Ko'zlarimni ko'rmoqni
Gohida sen xoxlasang
Ko'zlaringdan tomsin yosh
O'sha munchoq ko'zimdir!
Yana meni sog'inib
Iforimni xoxlasang
Rumolchangni hidlagin
Unda mening isim bor!
Yana yuzimga tarsak
Urishni sen xoxlasang
Soyangga qarab urgin
O'sha soyang o'zimman!
Tunlari bedor bo'lib
Uyg'onib uxlolmasang
Yoringni bag'ringga bos
Faqat u sengadir mos!
Adashib ismim takror
Yana yana eslasang
Mana bo'ldi jonim to'y
Farzandingga ismim qo'y!
Yoringni baxtli qilgin
Orzularingga yetgin
Mensiz!
Tunlari bedor bo'lib
Uyg'onib uxlolmasang
Yoringni bag'ringga bos
Faqat u senga mos!
Adashib ismim takror
Yana yana eslasang
Mana bo'ldi jonim to'y
O'g'lingga ismim qo'y