Dunyoda tentirab yurgan-ey o'zim
Bormikin mening ham bir shirin so'zim
Sarg'ayib ketdi-yu bu qoro ko'zim ey
Nechun ozorimga to'ymading falak
Qolmadimi yoki, yomoning bo'lak
Xatto qumursqanga ozor bermadim
Nobud qilmay deya gullar termadim
Nomardlar oldida boshim egmadim
Nechun ozorimga to'ymading falak
Qolmadimi yoki, yomoning bo'lak
Osmondagi oydek to'ldirmading xech
Do'stlar davrasida kuldirmading xech
Yorim quchog'iga to'ydirmading xech
Nechun ozorimga to'ymading falak
Qolmadimi yoki, yomoning bo'lak
Kimnidir yonida yori giryona
Ko'nglini shod etib bo'lar parvona
Ayt nechun men xanuz bo'ldim sarsona-ya hay
Nechun ozorimga to'ymading falak
Qolmadimi yoki, yomoning bo'lak
Kechir arzlarimni to'kdim senga yor
Qilma meni bu dunyoyingda xor
Endi sendan bo'lak meni kimim bor?
Xech xam ko'zlaringni uzmagin falak
Sendan o'zga dardim tinglar kim bo'lak
Nechun ozorimga to'ymading falak
Qolmadimi dunyoyingda-yey, yomoning bo'lak dodey